Bosh sahifa / Foto slayder / Innovotsion texnologiya

Innovotsion texnologiya

                            «Eng yangi zamonaviy o’quv vositalari bilan ta’minlangan ta’lim muassasalarida eskidan qolgan o’qitish usullarining davom etishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi».

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi, shu qatori ta’lim sohasida ham islohatlor amalga oshirilda.

Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar asosini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yaqqol ko’rishimiz mumkin. Zero, O’zbekistonni buyuk davlat qilishdek orzu-istaklarni hayotga tadbiq etishda yosh avlod tarbiyasi orqali barcha tizimni rivojlantirish zarur, bu esa tizimning hamma yo’nalishlarini qamrab olgan xalq ta’limining islohoti orqali amalga oshiriladi.

O’qituvchi kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish bilan umumta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya ishlarining sifati yana ham oshishi hech kimga sir emas. Ma’lumki, hozir o’rta maktablar yangi o’quv reja va dastur asosida  ishlashga to’la o’tdi. Bular asosida yaratilayotgan yangi darsliklarda yangi termin, atamalar ko’zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda esa ko’proq “axborot asri” to’g’risida  gapirilmoqda. “Innovatsion texnologiya”, “Yangi axborot texnologiyasi” kabi tushunchalar paydo bo’lmoqda. Shuningdek, innovatsion texnologiyani qo’llagan holda dars o’tish ham shular jumlasidandir.

Men darslarda innovotsion metodlardan, shu jumladan “Bilag’on o’quvchim”, “Topag’on”, “G’oyalar hujumi” metodlaridan foydalanib dars o’tib kelmoqdaman.   “Tezkor savollar”, “Koptok”, “Nima yo’qolib qoldi?”, “Domino”, “Mozaiko”, “Rekord”, “Zinama-zina”, “6-5-3 o’yini” innovotsion o’yinlardan darsni mustahkamlash daqiqasida qo’llash o’qituvchini darsga qo’ygan maqsadiga  tezroq erishishiga yordam beradi.

Innovotsion dars shakllariga ishchanlik o’yini darsi, rolli o’yin darsi, teatrlashtirilgan dars, kompyuter darsi, kim oshdi savdosi darsi, yarmarka darsi, formulalar darsi, o’yin darsi, “Sud” darsi, konsert darsi, “Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi, integral(integrasiyalashgan) dars, “Mo’jizalar maydoni” darsi kabilar kiradi.

Biz yuqoridagi innovotsion texnologiyalar asosida maktabda dars o’tganimizda quyidagi natijalarga erishishimiz mumkin:

  • innovatsion texnologiyani qo’llab dars o’tilganda, o’quvchilarga mavzuni to’liq tushuntirish imkoniyati oshadi;
  • ularning bilim, ko’nikma va malakalari oshadi;
  • matematik tushunchalarni innovatsion texnologiyalar asosda o’tish o’quvchilarning tushunchalarni ko’proq bilish uchun muhim rol o’ynadi;
  • dars o’tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug’ildi, yani mavzuning tushuntirilishiga va o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishlariga kam vaqt sarflandi;
  • amaliy ishlarga, yani misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar keltirishga, o’quvchilar o’rtasida savol-javob o’tkazishga ko’proq vaqt qoladi;
  • barcha o’quvchilarni baholashga imkon tug’iladi, ya`ni mavzuni yoritishga baho qo’yilsa, dars so’nggida darsdagi vazifalarga yoki uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, ular jamlanib baho qo’yiladi;
  • o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’rganishlari uchun imkoniyat yaratiladi, ya’ni dars metodidan foydalanib mavzuni o’rganishi va yaxshi o’zlashtirishi mumkin.

Demak, innovatsion texnologiya asosida dars o’tish tayyor bilimlarni o’quvchilarga mustaqil holda o’rganishlariga asoslangan.

Haqida nafosat

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan