Bosh sahifa / Mavzular yoritilishi / Delphi muhitida ishlash

Delphi muhitida ishlash

Mavzu: Delphi dasturlash muhitida ishlash

Reja:

  1. Vizual dasturlash muxiti
  2. Delphi dasturlash muxitiga kirish
  3. Obe’ktlar inspekt
  4. Obe’kt tushunchasi.
  5. Xossa tushunchasi.
  6. Xodisa tushunchasi.
  7. Forma va ob’ektlar bilan ishlash.
  8. Delphi
  9. Delphida dastur tuzish

Maqsad:

  1. O‘quvchilarda vizual dasturlash muxiti xaqida tushuncha hosil qilish.
  2. Delphi dasturlash muxiti haqida ma’lumot olish
  3. Obe’ktlar inspektoridan foydalana olish.
  4. Delphi komponentalaridan foydalanishni o‘rganish.
  5. Delphi dasturlash tilida dasturlar tuza olish

Vizual dasturlash muxiti.

 

Algoritmni ifodalash uchun dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qo‘llaniladi. buning uchun ishlab chiqilgan algoritm shu tillar yordamida bir ma’noli va EXM tushuna oladigan ko‘rinishda tavsiflanishi zarur. Uning tarkibida cheklangan sonlarga sintaksis konstruksiyalar to‘plami bor bo‘lib, u bilan algoritm yaratuvchi tanish bo‘lishi kerak. Ana shu konstruksiyalardan foydalanish buyruq va ko‘rsatmalar forma ifodalarga ega bo‘lishi kerak.

Zamonaviy dasturlash tillari EXMning ichki mashina tilidan keskin farq qiladi va EXM bevosita ana shu tilda ishlay olmaydi. Buning uchun dasturlash tilidan mashina tushunadigan tilga tarjima qiluvchi maxsus dastur translyatordan foydalaniladi. Dasturni translyasiya qilish va bajarish jarayonlari vaqtlarga ajraladi. Avval barcha dastur translyasiya qilinib, so‘ngra bajarish uslubida ishlaydigan translyatorlar kompilyatorlar deb ataladi. Dastlabki tilning har bir operatorining o‘zgartirish va bajarilishini ketma-ket amalga oshiradigan translyatorlar interpretatorlar deb ataladi. Dasturlashning ixtiyoriy tili belgilar majmuini va algoritmlarni yozish uchun ushbu belgilarni qo‘llash qoidalarini o‘z ichiga oladi. Dasturlash tillari bir-biridan alifbosi, sintaksisi va semantikasi (ma’no va mazmun) bilan farq qiladi.

Alifbo-tilda qo‘llaniladigan ko‘plab turli ramziy belgilar, harflar, raqamlar, maxsus belgilardir. Tilning sintaksisi jumlalar tuzishda belgilarning bog‘lanish qoidalarini belgilaydi, semantikasi esa ushbu jumlalarning mazmunini ifodalaydi.

Hozirgi kunda dasturlash tillarini u yoki bu belgisi bo‘yicha sinflash mumkin. Dasturlash tilining EXMga bog‘liqlik darajasi bo‘yicha sinflash eng muxim xisoblanadi.

Yuqorida  aytilgan belgiga qarab, dasturlash tillari mashinaga bog‘liq va mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tillarga bo‘linadi.

Mashinaga bog‘liq tillar, o‘z navbatida mashina tillari va mashinaga mo‘ljallangan tillarga ajratiladi.

Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi  qo‘llaniladi. mashina tili 0-daraja deb qabul qilingan bo‘lib, sanoq boshi hisoblanadi. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tillar ham ikkiga bo‘linadi:

Birinchisi protseduraga mo‘ljallangan tillar bo‘lsa, ikkinchisi- muommoga mo‘ljallangan tillar.

Protseduraga  mo‘ljallangan tillar turli masalalarni echish algoritmlarini (protseduralarini) tavsiflashga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular ko‘pincha oddiy qilib algoritmik tillar deb ataladi.

Ushbu tillar echilayotgan masalalar xususiyatlarini to‘la xisobga oladi va EXMning turiga deyarli bog‘liq emas. Bu xildagi tillar tarkibi mashina tiliga qaraganda tabiiy tilga, masalan, ingiliz tiliga yaqinroq.

Protseduraga  mo‘ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo‘lgan mutaxasisilar foydalanadilar. Bunda ulardan EXMning tuzilishini mumkammal bilish talab qilinmaydi.

Muammoga mo‘ljallangan tillar EXMda masala echish usullari  bilan tanish bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani ta’riflashi, boshlang‘ich ma’lumotni berishi va natijani chiqarishni talab qilingan ko‘rinishini aytishi kifoya.

Oxirgi bayon qilingan ya’ni muommoga mo‘ljallangan tillar Visual dasturlash muhiti tillari deyiladi.

Visual dasturlash muxiti bu-dasturchi dastur tuzayotgan paytda dasturning ko‘rinishi va natijasini oldindan o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olish va uni o‘z maqsadalariga muvofiq holda boshqarib borish imkoniyati bor bo‘lgan dasturlash muxitidir.

Visual dasturlash muxiti sharofati bilan siz obe’kt bilan ko‘z oldingizda va natijasini oldindan bilgan holda ishlashingiz mumkin.

 

Delphi dasturlash tili muxitiga kirish.

DELPHI dasturlash tili tizimi-bu Windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995  yilda BORLAND kompaniyasi dastur tuzuvchilari guruxi Chak (Chuck) va Denni (Danny )  tomonidan yaratilgan.

Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Borland Delphining paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagi tendensiyalar sabab bo‘ldi;

  • Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi.
  • Masalalarni echish uchun ob’ektga yo‘naltirilgan usul.
  • Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muxitlari.
  • Interpritatsiyadan emas, kompilyasiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.
  • Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilanishlash imkoniyatlarining mavjudligi.

Masalan, lokal va shu bilan bir qatorda server ma’lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yoki ko‘p bosqichli N-tier sxemasiga o‘tishni ta’minlash.

Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendensiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, … , Delphi 7 va h.k.).

Agarda sizning kompyuteringizda Delphi dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa uni ishga tushirish quyidagicha bo‘ladi: «Пуск» tugmasidagi «Программы» dan Borland Delphi7 bo‘limidan Delphi7 dasturi tanlanadi. Natijada Delphi dasturi ishga tushadi.

Delphi dasturi quyidagicha tuzilgan:

  1. Sarlavha satri
  2. Asosiy menyu
  3. Uskunalar paneli
  4. Boshqarish obyektlari(komponentalar) paneli
  5. Boshqarish obyektlari brauzeri
  6. Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori
  7. Yaratilayotgan ilova oynasi(forma)
  8. Yaratilayotgan ilova kodi oynasi

Bosh oyna ekranda doimiy turadi va dasturni yaratish jarayonini boshqarish uchun foydalaniladi. Asosiy menyu (1-ilova) loyixani boshqarish uchun barcha kerakli vositalardan iborat.

Piktogrammalar asosiy menyuning  tez qo‘llaniladigan komandalriga kirishni osonlashtiradi. Komponentlar menyusi orqali (2-ilova) DElPHI muxitining standart servis dasturi to‘plashiga kirish amalga oshiriladi; ular dasturchi tomonidan shakl oynasiga joylashtirilgan ba’zi bir vezual unsurini (komponentning) tasvirlaydi. Xar bir komponent muayyan xossalarga to‘plamiga ega. Masalan, rang, oyna sarlavxasi, tugmachadagi yozuv, shrift o‘lchami va turi va xokazo.

 Ob’ektlar inspektorining oynasi tanlangan komponentlar xossalarni o‘zgartirishiga mo‘ljallangan va ikkita varaqdan iborat.  Properties varag‘i komponentning zarur xossalarini o‘zgartirishga mo‘ljallangan,  Events varag‘i komponentning u yoki bu voqeaga bo‘lgan sezgirligini aniqlash uchun.

SHakl oynasi- dasturning Windows –oyna loyixasi xisoblanadi. Bu oynaga dasturning yozish  jarayonida zarur bo‘lgan komponentlar joylashtiriladi.  Dasturni bajarishda joylashtirilgan komponentlar loyixalashtirish bosqichdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Matn oynasi– dastur matnini tomosha qilishga, yozishga va taxrir qilishga mo‘ljallangan. DElPHI tizimida Object Pascal  foydalaniladi. Dastlabki  ochilaetgan dastur matn oynasida operatorlarning minimal to‘plamidan iborat matn joylashadi, u bo‘sh shaklning  Windows –oyna sifatida normal ishlash uchun kerak. Ba’zi bir komponentni shakl oynasiga joylashtirishda dastur matni ishida zarur bo‘lgan standart dasturlarning kutubxonalari va o‘zgaruvchilar turlari tasvirlari bilan avtomatik to‘ldiriladi.

DELPHI muxitidagi dastur algoritmlarni tasvirlash sifatida  tuziladi va ularni bajarish lozim, agar shaklga bog‘liq muayyan  voqea paydo bo‘lsa.

SHaklda ishlab chiqilayotgan har bir voqea uchun dastur matnida  Events inspektor varag‘i  yordamida protsedura  tashkillashtiriladi va dasturchi begin va end kalitli so‘zlar o‘rtasiga Object Pascal  tilida talab qilingan algoritmni yozadi.

SHakl oynasi va dastur matni oynasi o‘rtasidagi o‘tkazilish (pereklyuchenie)  F12 tugmachasi  yordamida amalga oshiriladi.

 

 

Menyu satrining ko‘rinishi

 

Delphi dasturlar paketining o‘n bitta menyusi bo‘lib ular quyidagilardir:

 

 

Yangi ilova ochish uchun quyidagi amal bajariladi:

 

Delphi asosiy menyu bandlari vazifalari Microsoft offis standart dasturlarining menyu bandlari vazifalaridan deyarli farqlanmaydi va ulardan foydalanishtartibi ham xuddi    shunday saqlanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Asboblar paneli  va komponentalar ro‘yxati

Delphi dasturlash tilida komponentalar bajaradigan vazifalariga qarab guruhlarga ajratilgan. Har bir guruh komponentalari o‘zinig nomiga ega bo‘lgan alohida bo‘limda joylashgan.

 

Ko‘rinmay turgan turgan bo‘limlarni ko‘rish uchun   dan foydalaniladi

Ob’ektlar daraxti

 

Ob’ektlar inspektori

Ob’ektlar inspektorining ko‘rinishi qo‘yidagichadir:

 

 

Windows uchun tuzilgan programmaning ichki tuzilishi konsol programmalarning ichki tuzilishidan farqlanadi. Dastur bajarilishida kalit so‘zlar bo‘lgan begin va  end orasiga  olingan operatorlarni windows boshqacha shaklda boshqaradi, yani ularni hodisa deb qaraydi. Har bir hodisaning o‘ziga mos xossalari mavjud. Dasturlashda bu xossalardan keragini tanlab ishlatiladi. Bu tanlash ob’ektlar inspektorida qilinadi. Ob’ektlar inspektori ikki qismdan iborat Properties yani xodisalar va Events xossalar.Delphi dasturlash tili siz yaratmoqchi bo‘lgan dastur (prilojeniya)ni Windows amaliyot tizimi bilan bog‘lagan holda boshqarishning keng va juda qulay imkoniyatlarini beradi. Bunday muxitda ishlash uchun eng avvalo siz o‘zingizni  Windows  muxitida  bemalol ishlay oladigan foydalanuvchidek xis qilishingiz lozim. Buning uchun esa Windows amaliyot tizimini mukammal darajada yaxshi bilishingiz darkor bo‘ladi. Agarda siz Windows  amaliyot tizimi bilan tanish bo‘lsangiz Windows muxitida ishlovchi dasturlarni tuzish uchun yaxshilab tayyorgarlik qilishingiz lozim. Vizual dasturlash muxitida dastur tashkil qilgan termin va tushunchalarning butun assortimentidan foydalaniladi. Masalan, ob’ekt, xossa va hodisa tushanchalari  Visual dasturlash muxitlarida standart obraz deb tushuniladi.

Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Xo‘sh unday bo‘lsa, bu ikkita tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?

Biz bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. YA’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, uholda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa .pas  kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.

                               Tuzilgan dasturni EXM xotirasida saqlash uchun asosiy menyuning File bandidan foydalaniladi. Dasturni kompilyasiya qilish uchun asosiy menyuning RUN bandidan foydalaniladi. Agar dasturda xatoliklar bo‘lsa, kompilyasiya qilish jarayonida bu xatoliklar ko‘rsatib boriladi. Agar xatolik bo‘lmasa, dastur ishga tushadi

Obe’kt tushunchasi.

 

Agarda hozirgi kunda obe’kt so‘zi  ob’ektiv dasturlashda namoyon bo‘lsa, oldingi  davr bilan taqqoslanilganda  dastur ta’minoti mashinasining sharofati bilan bu tushunchasi o‘z doirasining bir  qismini yo‘qotadi. YA’ni, hozirgi davrda obe’kt termini oldingiga qaraganda mihim kenglikda aniqlanadi. Obe’kt tushunchasini aniqlash uchun qiyin bo‘lgan dasturiy terminlardan foydalanish talab qilinmaydi. Delphi dasturlash tilida ham xuddi boshqa Visual dasturlash muxitlaridagidek obe’kt tugma (knopka), belgi (metka), ma’lumot darchasi (okno soobsheniy), maydon va boshqa bo‘ladi. Obe’ktni yaratishdan maqsad undan dasturda foydalanishdir. YA’ni obe’kt bu- sizning dasturingizda qandaydir o‘lchamda qurilgan elementdir. Obe’ktni oddiy bir element deb qarash mumkin. Masalan, ramka, forma, va bir qancha eldementlardan tashkil topgan forma.

Obe’ktlarni yaratishda obe’ktni tanlab formada joylashtirilganda obe’kt o‘zining standart o‘lchamida qo‘yilgan joyda paydo  bo‘ladi. Uning o‘lchamlarini esa istagan darajada (formaning o‘lchamlaridan katta bo‘lmagan) o‘zgartirishingiz mumkin. Siz obe’ktni formada joylashishingiz bilanoq, uning barcha atributlari (o‘lchami, ekrandagi  joylashish o‘rni, xossalari va hokozalar.) darhol dastur kodida namoyon bo‘ladi. Obe’ktni ekranda joylashingiz bilanoq unga tegishli bo‘lgan dastur kodlari avtomatik tarzda bitta faylga yoziladi.

 

Formalar bilan ishlash.

Delphi da tuziladigan dasturlar biror forma asosida qilinadi. Delphi da har bir yangi hosil qilingan formaga unga mos bo‘lgan modul avtomatik tashkil qilinib turiladi. Bu esa dasturchi uchun juda qulay imkoniyat, yani uning ishini tezlashtirishga yordam beradi.

Bu formaning shaklini tanlash, unda kompanentalarni joylashtirish bizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Formaga biror kompanentani qo‘ymoqchi bo‘lsak, shu kompanentaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi. Bu kompanenta formaning o‘rtasiga joylashadi. Biz uni hoxlagan joyimizga surib ko‘chirishimiz mumkin.

Delphi dasturlash tilida Pascal tili asos qilib olingan. CHunki bunga sabab dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lganlarning  ko‘pchiligi birinchi navbatda Pascal dasturlash tili bilan tanishib chiqadi. Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olinibdi. Xo‘sh unday bo‘lsa, bu ikkita tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor?

Delphi dasturlash tilida Pascal siz foydalangan oldingi Pascal tiliday bo‘lmaydi. Delphi dasturlash tilida yanada qulayroq Borland Pascal7 dasturlash tili tamonidan qo‘llab quvvatlangan yangi sintaksisdan foydalaniladi.

Biz bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. YA’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, uholda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa .pas  kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin. Boshqa dasturlash tili Basic Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Vishual basic dasturlash tilida qo‘llaniladi. bu dasturlash tili Delphi dasturlash tiliga yakin, ammo ob’ektga mo‘ljallangan xossalariga muvofiq emas.. SHunday bo‘lsa ham Visual basic xodisalar bilan boshqariladi va Windows asosida professional ishlab chiqarishda zarurligini ko‘rsatdi. Uning asosiy imkoniyatlari qator yillar davomida o‘z holicha qolib kelmoqda. Delphi vujudga kelgunga qadar Visual basic haqiqatdan ham a Windows muxiti uchun yagona vizual ishlab chiqarish instrumenti bo‘lgan.

 

Prodsedura va funksiyalar.

 

Delphi sizga kuchli va murakkab ob’ektli modelni namoyish etadi.  Bu bilan siz klasslarni yaratishingiz mumkin, shuningdek qayta ishlash jarayonlarini qisqartiruvchi foydalanuvchi foydalansa bo‘ladigan klass komronentalarni ham Delphi Visual muxiti ob’ektli modeldan tashqari sizning xodisalarni boshqarish modeli bilan ham ta’minlaydi. Xodisali model sizga dastur bilan komponenta va formaga mos ma’lum bir xodisalarni keltirib chiqaruvchi turli jarayonlarni bog‘lashga ruxsat etadi.

Prodsedura va funksiya yaratishning bir necha usullari bor. Eng oddiy usul-bu blokning yaratish bo‘limining boshida prodsedura sarlavhasi va dastur tanasini aniqlash. Dasturlash deganda dasturning qatorlari guruxlardagi o‘zaro aloqalarni birlashtirish tushiniladi. Dastur bloki begin va end xizmatchi so‘zlari bilan chegaralangan.

 

 Komponentalar.

 

Matnli kompanentalar. Bu kompanentalar  ma’lumotlarni kiritish, saqlash va tahrir qilish vositasi sifatida foydalaniladi.

 

Tlabel (belgi) kompanentasi.

Belgi bu sizning dasturingizdagi boshqa ob’ektlarni identifikatsiyalashganligi  uchun foydaliroqdir. Belgi sizga mo‘ljallashtirishda va bundan tashqari foydalanuvchiga o‘z nomidan tashqari informatsiya berishda yordam berishi mumkin.

WordWrap va AutoSize xossalari. Belgining  ushbu xossasi belgi kompanentasini o‘rnatishda foydaliroqdir. Word Wrap qiymati  true bo‘lsa, Delphi aftomatik ravishda qatorni metkaning nomlanishiga o‘tkazadi. Auto Size xossasining qiymati true ga teng bo‘lsa bu uning asl qiymatidir (po umolchaniya).

Onclick hodisasi. Bu hodisa foydalanuvchiga dasturni mo‘ljallashtirishda yordam berishi uchun foydali hisoblanadi.

 

Edit, MaskEdit va Memo komponentalari    .

Bu uchala komponenta foydalanuvchidan matnni qabul qilib olish va matnni akslantirish uchun foydalaniladi.

Demak ular o‘rtasidagi asosiy farq Memo komponentasida birnechta qatorni kiritishga ruxsat etilgan, qolgan ikkitasida bunday imkoniyat yo‘q. Uchala komponentaning ham bir-biriga o‘xshash xossalari bor.

Password Char xossasi. Ushbu xossa matnni kiritishdan ximoya uchun foydalaniladi. Ismidan ham bizga ma’lumki bu xossa parol kiritish kerak paytida foydalaniladi. Ushbu xossadan siz maxfiylikning qo‘shimcha darajasini ta’minlash uchun va foydalanuvchi ismini yashirish uchun foydalanish mumkin.

Read Only xossasi. Ushbu xossa ob’ektning qiymatini taxrirlash imkoniyatini boshqaradi. Siz uning qiymatini False yoki True qilib qo‘yishingiz mumkin. Agarda xossaning qiymati   True bo‘lsa foydalanuvchi ushbu ob’ektdan foydalanishga, ya’ni ixtiyoriy matnni belgilash va nusxasini buferga olish uchun birmuncha ruxsat beradi.

Max Length xossasi. Ushbu xossadan uchala ob’ektga kiritiladigan simvollarni cheklash uchun foydalaniladi.

Mask Edit komponentasining umumiy xossalaridan tashqari qo‘shimcha xossalarga   ham egadir. Ushbu xossadan bu ob’ekt orqali klaviaturadan kiritiladigan simvollarni filterlash uchun foydalaniladi. Maska qanday simvol qabul qilinishi yoki qilinmasligini aniqlaydi.

 

List Box komponentasi.

Ushbu komponenta foydalanuvchiga  tanlash uchun elementlar ro‘yxatini  ko‘rsatadi. Ayrim payti siz o‘z dasturingizda juda ko‘p elementlarning ro‘yxatini ko‘rsatish lozim bo‘lib qoladi. Bunday xolatlar uchun ro‘yxatlar darchasida standart ko‘rinishdagi surgich paydo bo‘ladi va yordam beradi. Ro‘yxatlar paneliga elementlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin. Ushbu komponentaning ichki ko‘rinishini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan turli xil xossalari mavjud.

Ro‘yxatlar darchasini formada joylash uchun ko‘p joy zarur bo‘ladi. Kombinatsiyalashgan panel komponentasi Combo Box ni formada joydan ekonom qilish uchun foydalanish qulayroqdir.

 

Combo Box komponentasi.

Combo Box komponentasi Sombination Boxes so‘zidan qisqartirilgan bo‘lib List Box komponentasiga o‘xshashdir. Lekin kombinatsiyalashgan darcha kam joyni talab qiladi va bir vaqtning o‘zida bitta elementni ko‘rsatadi.

Demak List Box  komponentasi bilan Combo Box komponentasining farqi bir vaqtning o‘zida qancha element ko‘rsata olishda ekan. Joydan tejash maqsadida Combo Box dan foydalanish qulayroq bo‘lsa, ko‘proq elementni ko‘rsatish uchun  List Box dan foydalanish qulay.

 

Button va Check Box  komponentalari.

 

 

Button (tugma) va Check Box komponentalarining ko‘pgina Windows dasturlarida uchratish mumkin.

Button (tugma) komponentasi.

Bu komponenta odatda dialog darchalarida foydalaniladi. Sizko‘pgina Windows dasturlarida tanish bo‘lgan Ok va Cancel juftligini ko‘rgansiz. Ammo sizga tugma komponentasidan foydalanish uchun diolog darchasini yaratish shart emas. Tugma komponentasini siz dasturingizning istalgan joyida joylashtirishingiz mumkin.

 

BitBtn (grafik tungma) komponentasi.

Grafik tugma komponentasi oddiy tugma komponentasiga judaham o‘xshashdir. Delphi Sizga tugmalarning standart majmuasini taklif qiladi. Bularni siz dasturingizda yaratish uchun tanlab olishingiz mumkin.

Chek Box (belgilash tugmasi) kompanentasi ushbu tugma odatda dasturda «Xa» yoki «Yo‘q» javobini olish kerak bo‘lgan vaziyatlarda foydalaniladi. Demak bu komponentada ortiqcha bitga xolatga ega bo‘ladi. (Rasm).

Guruxlashgan komponentalar

Delphi dasturlash tilida komponentalarni guruxlashtirib foydalanish mumkin.

Odatda bir-biriga aloqador komponentalar bitta joyda guruxlashtiriladi.

Croup Boxes guruxlashgan ramka komponentasi. Guruxlashgan ramka faqatgina bir toifadagi komponentalarni tashkil topgan bo‘lishi shart emas.

Scroll Bors komponentasi. Ushbu komponenta istalgan obekt interfeysini yaratish uchun qulaydir.

Delphi: dasturlash tilida Scroll Bors juda yaxshi tashkil qilingan va tuli xil xossalari mavjud.

Position joylashish xassasi oniy momentda qaerda joylashishini belgilab beradi. Bu xossaning qiymati faqat butun sonlarni qabul qiladi.

Grafik komponentalar

Grafik komponentalar visual formada figura va ob’ektlarni ko‘rsatish hamda ma’lumotlarni akslantirish uchun foydalaniladi. Bu komponentalarni ba’zilari juda ham oddiy ba’zilari juda ham murakkab. Ularni xar biri anik vazifa uchun mo‘ljallangan.

Image komponentasi

Bu komponentani formada rasmlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Rasmni nomi esa Picture xossasida keltiriladi. Bu rasmlarning kengaytmasi .VMR, ICO, WMF bo‘lishi mumkin. Agar siz Image komponentasining o‘lchamini o‘zgartirishni xoxlasangiz Auto Size xossasiga True qiymati berishingiz lozim. Stretch  xossasiga True berilgan bo‘lsa, sizga rasmni o‘lchamini qulda o‘zgartirishga ruxsat etiladi.

 

  Pait Box komponentasi. (chizish darchasi)

Ushbu komponenta formaning cheklangan qismida chizish imkonini beradi. CHizish darchasi o‘zining chegaralarini ko‘rsata olmaydi. Ushbu qiyinchilikni yo‘qotish uchun uning ichiga guruxlashgan panel Croup Boxes qo‘yish va uni o‘lchamini Pait Box komponenta o‘lchami bilan bir xil qilish lozim. Ana shundagina sizga chizish uchun ramka paydo bo‘ladi.

  Shapes (figuralar) komponentasi

Figuralar komponentasi o‘z tabiati bilan judayam oddiy. Siz figuralardan dasturingizni stillashtirish foydalanishingiz mumkin.

Figuralarning va konturlarning rangi mos ravishda Pen va  Brush xossalari yordamida o‘rnatiladi.

 Outlines (sxemalar) komponentasi

Sxemalar isxarxik tarzda tashkil qilingan ma’lumotlarni akslantirish uchun foydalaniladi. Misol uchun katologlar daraxti. Sxemalar komponentasi Delphi dasturlash tilida ko‘riladi, bir muncha oddiy va murakkab, sizga qanchalik yoqsa shunday.

Sxema Lines va Items xossalari orqali murojat qilish mumkin bo‘lgan qatorlardan tashkil topadi.

Outlines Tile (sxemali) xossasi istalgan konfiguratsiyasini olish uchun foydalaniladi.

Color Crids komponentasi (ranglar to‘ri)

Bu komponenta chizish va fon ranglarini boshqarish uchun interfeysni ifodalaydi. Bu komponenta yordamida chizish va fon rangini o‘rnatishimiz mumkin.

Foreground (chizish rangli) va Background (fon rangi) xossalarda belgilangan rangdan tashkil topgan bo‘ladi.

Fayl va katalogga murojat qilish komponentalari

Ushbu komponentalar fayl va kataloglar bilan turli xolatlarni boshqarish uchun foydalaniladi.

File List Box (fayllar ro‘yxati paneli) komponent fayllar ro‘yxati paneli komponentasi katalogga murojat interfeysini ifodalaydi.

Mask xossasi filter yoki maskani o‘rnatish uchun foydalaniladi.

Foydalanuvchi tomonidan belgilangan fayl nomi File Name xossasi orqli murojaat qilishingiz mumkin. Faylni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz

Formalar bilan ishlash

Delphi da tuziladigan dasturlar biror forma asosida qilinadi. Delphi da har bir yangi hosil qilingan formaga unga mos bo‘lgan modul avtomatik tashkil qilinib turiladi. Bu esa dasturchi uchun juda qulay imkoniyat, yani uning ishini tezlashtirishga yordam beradi.

Bu formaning shaklini tanlash, unda kompanentalarni joylashtirish bizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Formaga biror kompanentani qo‘ymoqchi bo‘lsak, shu kompanentaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi. Bu kompanenta formaning o‘rtasiga joylashadi. Biz uni xoxlagan joyimizga surib ko‘chirishimiz mumkin.

Standart komponentlarning umumiy ko‘rninishi kuyidagi tasvirda ko‘ringan bo‘lib

 

Bu rasmda bazali  vizual komponentlar tasvirlangan

 

u kuyidagi ishlarni amalsha oshiradi  .Biz birinchi bulib Standart komponentida   ishlashni birma-bir ko‘rib chikamiz

 

 

 

( TMainMenu)  Menyu komponenti

(TPopupMenu)  Kontekst menyu komponenti

Tlabel- komponenti  yordamida  Edit1-Edit2  natijalarini

tugatayotgan      vaktda        kiritiladi

 

Standart panelni tanlash    Edit Tugmachasini  siljitish

Kaerga tekst kiritish kerak bulsa  shu tugmachadan foydalanib

siljitiladi.

( TRadioGroip) Ulanuvchi guruxlar  komponenti

(TBitBtn)- rasmli tugmacha komponenti

 

Komponent  Spisok  (TLisnBox) windows programmasida judakup

kullaniladi

 

Bu komponent  variantlar jadvalini yuzaga chikarish uchun

ishlatiladi

 

 

(TScrollBar)  aylantirish maydoni komponenti

 

Standart panelini ichida  TGroiupBox va TPanel   ramka va

formalar  yasashda    ishlatiladi

 

Agar programmada bir nechta guruxlargabulish kerak bulganda

ishlatiladi

 

 

 

Bu komponent  rasmli  knopkani yaratish uchun ishlatiladi

bu panel yordamida tez ishlaydigan komandalar knopkasini yaratish

uchun     ishlatiladi

 

SHablon yaratish uchun  va ma’lumotlar kiritish uchun knopkalar

yaratish    tugmachasi

 

Birinchi komponent bu jadval katori  matnli ma’lumotlar

bilan   ishlaganda kullaniladigan komponent

 

Matn bilan birgalikda  Geometrik figuralarni kursatib

beruvchi       komponent

 

Bu komponent barcha dasturlarda juda kup ishlatiladi

Goemetrik figuralarni kursatib  beruvchi komponent

Komponent  bu element  xar-xil natijalarni olish uchun

ishlatiladi.

Komponent ( TSplitter) panellarni bir necha bulaklarga bulish

uchun      ishlatiladigan komponent xisoblanadi

Tlabel- komponenti  yordamida  Edit1-Edit2  natijalarini

tugatayotgan    vaktda kiritiladi

Endi  RUN  tugmachasidan foydalalnsa buladi

Bu komponent TAppligasion  List birgalikda  adresli va xar xil

xabarlarni     kayta ishlab beradigan komponent

(TScloollBoxc)- Soxani aylantirish komponenti

(TDBEdit)  Taxrirlash maydoni komponenti

Komponent TPopipMenu konteksli menyularni yaratish uchun

ishlatiladi

 

 

 

(TTabControl)-varoklarni bir biriga ulash komponenti

(TTabControl)-varoklarni bir biriga ulash komponenti

(TImageList) Tasvirlarni ruyxatini kursatuvchi komponent

( TRichEdit)  Matn muxarriri komponenti

( TTrackBar)  Dvijok komponent

(TProgressBar) Indikator komponent

 

 

(TAnimate) Animatsiya AVI komponenti

(TDateTimePickers)  Kunni va vaktni kurstuvchi komponent

(TMonthCalendar)  Kolendar komponenti

( TtrreeViev) Daraxt kurinishidagi kursatuvchi komponenti

(TListViev)   Elementlarruyxati komponenti

(THeaderControl)  Kichik sarlovxalar ochish komponenti

(TStatisBar) Kator xolati komponenti

(TToolBar)  Uskunalar paneli komponenti

( TControlBar)Panelni boshkarish komponenti

(TTimer)  Vakt kursatish komponenti

(TMediaPlayer) Multimedia va olvoz chikarish komponenti

( OleContainer)  konteyner Ole komponenti

(NDdeClientCovn)  Serverga ulanish komponenti

 

(TDdeClientItem)

(TDdeServerCovn)        Server DDE

(TDdeServerItem)  serser atrofidagi ob.ektlar komponenti

Dastur tuzish uchun quyidagilar o’zlashtitirshdan foydalaniladi:

a:=strtoint(edit1.Text); (butun sonlar uchun)

a:=strtofloat(edit1.Text); (butun va kasr sonlar uchun)

a:= Strtoint(ComboBox1.text); (butun sonlar uchun)

a:= Strtofloat(ComboBox1.text); (butun va kasr sonlar    uchun)

 


Delphi da sodda dasturlar tuzish.

  1. a) Delphi da chiziqli dasturga arifmetik amallarni bajarish (kalkulyator) dasturini ko‘rib chiqamiz.

Bu dasturni tuzish uchun yangi formada kiritiladigan ikkita son uchun aloxida «oyna» ochamiz. Buning uchun kompanentalar ro‘yxatidan Edit  tanlanadi. Edit da kiritiladigan ma’lumotlar matinli ma’lumot bo‘ladi, shuning uchun biz kiritgan matn shaklidagi sonlarni haqiqiy songa aylantirish kerak. Buning uchun Delphi da strtofloat (edit1.text) funksiyasi ishlatiladi. Bunda strtofloat  funksiya nomi edit1.text  esa argumenti. Biz xosil qilgan formaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

 

Bu formadagi birinchi son, ikkinchi son, Natija yozuvlari kompanentalar ro‘yxatidan Label ni tanlash bilan xosil qilingan. Odatda formada Label ishlatilsa, uning ishlatilish soniga qarab Label1, Label2 va hakazo shaklda chiqadi, buni o‘zgartirish uchun Caption da Label1, Label2 va hakozolarni o‘chirib o‘rniga dasturga mos tekst kiritiladi.

Formada qushish, ayrish, kupaytirish, bo‘lish amallariga standart tugmalardan Button kompanentasi tanlangan. Bunda ham Caption da Button lar o‘rniga mos ravishda +o‘shish, Ayrish, Ko‘paytirish, Bo‘lish qilib o‘zgartirilgan.

Delphi da tuzilgan dasturdan normal holda chiqib ketish uchun standart x tugmasidan tashqari yana boshqa tugma ishltiladi. Buning uchun kompanentalar menyu satridan Additional bandi tanlanadi va uning ichidan BitBtn kompanentasi tanlanadi. Agar Caption da &Close qilib o‘zgartirsak va Kind da Bkclose deb yozib qo‘ysak, u holda yopish tugmasida tagiga chizilgan Close yozuvi hosil bo‘ladi.

Amallarni bajarib, natijani olish uchun mos tugmalarning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosilsa, u holda shu tugmaga mos bo‘lgan protseduraning ichiga avtomatik kiriladi. Bunda har bir tugmaga mos bo‘lgan protseduralarning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

begin

LABEL4. CAPTION:=floattostr(strtofloat(edit1.Text)+strtofloat(edit2.Text));

end;

 

procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);

begin

LABEL4. CAPTION:=floattostr(strtofloat(edit1.Text)- strtofloat(edit2.Text));

END;

 

procedure TForm1.Button3Click(Sender: TObject);

begin

LABEL4.CAPTION:=floattostr(strtofloat(edit1.Text)*strtofloat(edit2.Text));

end;

 

procedure TForm1.Button4Click(Sender: TObject);

begin

LABEL4.Caption:=floattostr(strtofloat(edit1.Text)/ strtofloat(edit2.Text));

end;

 

end.

Bu dastur bajarilgandan keyingi ekranda hosil bo‘ladigan natijaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

 

  1. b) Siklli dasturga tuzilgan formaning ko‘rinishi quyidagicha:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Siklli dasturga Delphi da tuzilgan programmadagi mos protseduralarning ko‘rinishi quyidagicha:

procedure TForm1.Label2Click(Sender: TObject);

var i,s,a:integer;

begin

a:=strtoInt(edit1.text);

s:=0;

for i:=1 to a do  s:=s+i;

label3.Caption:=floattostr(s);

end;

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

begin

glose;

end;

Dastur bajarilgandan keyin ekranda quyidagi shaklda natija hosil bo‘ladi:

 

 

 

  1. v) To’g’ri burchakli uchburchakda ketetlar berilgan gepotenuzasini toppish;

procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);

var a,b,c:word;

begin

   a:=strtoint(edit1.text);

   b:=strtoint(edit2.text);

   label5.Caption:=floattostr(sqrt(sqr(a)+sqr(b)));

end;

procedure TForm1.Button2Click(Sender: TObject);

begin

  close;

end;

 

end.

 

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Ekranda Delphi dasturlash tili muxitini hosil qiling.
  2. Asosiy menyu bandlarini yoddan aytib bering.
  3. File bandida nimalarni qilish mumkin ?
  4. Search bandida qanday amallarni qilish mumkin?
  5. RUN bandida qanday amallar bajariladi?

Mashqlar:

  1. Delphi da uchburchak yuzasini topuvchi dastur tuzing.
  2. a) Asos va shu asosiga tushirilgan balandligiga ko‘ra
  3. b) Ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga ko‘ra
  4. v) Uchta tomoniga ko‘ra
  5. g) 1 dan 100 gacha bo‘lgan natural sonlar yig‘indisini topish dasturi


Test savollari:

  1. Delphi dasturlash tili qanday muxitda ishlaydi?
  2. A) DOS operatsion muxitida
  3. B) Windows operatsion muxitida
  4. S) Norton kommander da
  5. Delphi da Paskal programmani to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatish mumkinmi?
  6. A) Ha
  7. B) Yo‘q
  8. S) Ba’zi o‘zgartirish kiritib ishlatish mumkin

3)Delphi muxitida turib qanday kengaytmali fayllarni ko‘rish mumkin?

  1. A) exe, dpr, pas
  2. B) dpr, pas, doc
  3. C) dpr, pas

4)Save all buyrug‘i asosiy menyuning qaysi bandida joylashgan?

A)File

B)Search

C)Run

5)Find buyrug‘i asosiy menyuning qaysi bandida joylashgan?

A)Edit

B)Search

C)View

6)Close all buyrug‘ining vazifasi nimadan iborat?

A)Delphi muxitining asosiy oynasini yopadi

B)Delphi da ochilgan barcha fayllarni berkitadi

C)T.j.y

7)Strtofloat funksiyasining vazifasi nima?

A)satrlarni qo‘shish

B)belgilarni qo‘shish

C)matn ko‘rinishidagi belgini haqiqiy songa aylantirish

8)Floattostr funksiyasining vazifasi nima?

A)Satrdagi belgilar sonini aniqlash

B)Satrdagi ma’lum belgini o‘chirish

C)Haqiqiy sonni matn ko‘rinishiga aylantirish

9)Delphi dasturlash tilida qaysi takrorlash operatorlaridan foydalanish mumkin?

A)for to do, while wend

B)for to do, while do, repeat until, for to downto do,

C)T.j.y

10)Modulning IMPLEMENTATION bo‘limida nima ishlar qilinadi?

A)Tiplar e’lon qilinadi

B)O‘zgaruvchilar e’lon qilinadi

C)Protsedura va funksiyalar beriladi

11) Modulning INTERFACE bo‘limida nima ishlar qilinadi?

A)dasturda ishlatiladigan modullar, tiplari , o‘zgaruvchilar, global o‘zgaruvchilar , protsedura va funksiyalar e’lon qilinadi.

B)Modul matnini initsializatsiya  qiladi

C)Lokal o‘zgaruvchilar e’lon qilinadi

  1. Shortint tipining mumkin bo‘lgan qiymatlar oralig‘ini ko‘rsating.
  2. .+255
  3. –128..+127
  4. .+65535
  5. Delphi dasturida // belgi  qanday  vazifani  bajaradi?

A)O‘zlashtirish operatori vazifasini

B)Sikl boshini

C)Izoh yozish

  1. Delphi da qanday mantiqiy amallar ishlatiladi?

A)               And, or, not

  1. And, xor, not
  2. And, xor, or, not

15.Tuzilgan proektga yangi  forma qo‘shish uchun  nima qilinadi?

  1. Asboblar panelidan
  2. New Form tugmasini bosish  bilan  yoki

Shift+F12 tugmalarini bosish bilan

C)F12 tugmasini bosish bilan

Foydalanilgan adabiyotlar

1.S.Bobrovskiy «Delphi 5» uchebniy kurs. Sankt-Peterburg.

Moskva.Xarkov.Minsk. 2000

2.A. Ahmedov. N. Taylaqov. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.

3.M. Aripov. A. Haydarov. Informatika

Haqida nafosat

Yana

To’plamlar ustida amallar

To’plam tushunchasi To‘plam matematikaning boshlang‘ich tushunchalaridan bo‘lib, uni o‘zidan soddaroq tushunchalar orqali ta’riflab bo‘lmaydi. Turmushda …

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan