Bosh sahifa / Maktab tarixi

Maktab tarixi


Maktab tarixi:
1924-yil hamqishlog`imiz Borat Siddiqov yangi uslub maktabi ochadi, maktabga qishloqning jasur o`g`loni Haydar Sharipov nomi beriladi. 1935-yilda maktabimizga Kuybeshiv nomi beriladi.
1994-yilda maktabga maktab tashabbuschisi Borat Siddiqov nomi beriladi.
2006-yildan maktabimiz 10-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi deb ataladi.
10-maktabda Adhamjon Fazliddinov, Mamadali Jo`rayev, Osimjon Teshaboyev, Turg`uncha Turdiyeva, Egamnazar Xudoyberganov, Sodirjon Yo`lchiyev, Rahimjon Mamanazarovlar direktorlik qilganlar. Hozirgi kunda esa Gulhayo Ergasheva direktorlik qilmoqdalar.
Maktabimizdan General-Sotvoldi Ergashev, Artist-Mahmudjon Do`stmatov, Qiziqchi-Rustam Hamraqulov, Rassom-Ortiqali Qozoqov, Olimlar-Orifjon Sharipov, Rahmonjon Yodgorov kabi qishlog`imizning ko`plab ziyolilari yetishib chiqqan. 2016 yildan maktabimiz 10-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi bo’ldi.