Bosh sahifa / O’zim haqimda

O’zim haqimda

Intilganga tole yor!

cropped-object0.pngMen Mansurova Nafosat Shermatovna 1985 yil 10 oktabrda Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog’ida tug’ilganman. Oilada uchinchi farzandman. 1992 yil Borat Siddiqov nomli maktabni 1-sinfiga qabul qilindim. Maktabni 2003 yil Borat Siddiqov nomli gimnaziya maktabini 11-sinifini tamomladim. 2003 yil Farg’ona Davlat Universitetiga matematika-fizika fakul’teti amaliy matematika va informatika yo’nalishiga davlat grandi asoisda o’qishga qabul qilindim. 2007 yil oliy o’quv yurtini bitirib, o’zim o’qigan, 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga matematika-informatika fani o’qituvchisi  bo’lib ishga kirdim. Men o’zimni 9 yillik mehnat faoliyatim davomida o`quvchilarga matematik, informatik bilim berish bilan birga, Vatanga muhabbat, sadoqat, mehnatsevarlik, to’g`ri so’zlik bo’lish ruhida tarbiyalab kelmoqdaman. 

Tuman miqyosidagi “Eng yaxshi test muallifi” tanlovida faxrli ikkinchi o’rinni, “Eng yaxshi ko’rgazmalar” tanlovida faxrli uchinchi o’rinni egalladi. Bunda informatikaning har bir  dasturiga doir  rasmli testlar bilan qatnashdi.

Men  har bir darsimda ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar, shu bilan birga kompyuter, kadaskop, video ekrandan foydalanib dars o’taman.

Chorakni boshida o’quvchilarga “Daftar ozodaligi” tanlovini davom etdirishini ta’kidlab o’tadi va har chorak oxirida o’quvchilar daftar tutushlari bo’yicha ham rag’batlantiriladi.

Darsni o’tilgan mavzuni so’rab, baholash daqiqalarida o’quvchilar o’zlari tuzub kelgan krassvord, test, teskor savollari bilan o’quvchilarni baholaydi va bu vazifaga o’z fikrini bildirib o’tadi.

Har yili o’quvchilarni bo’sh vaqtini unumli o’tkazish maqsadida “Yosh informatik” nomli to’garak ochib, o’quvchilarga informatikaning o’zgacha  sirlari bilan tanishtirib bormoqdaman.

Bunda o’quvchilar o’rtasida “Mening tasavvurimda, kompyuter…” degan mavzuda insho tanlovi, “Kompyuterga atalgan she’rlarim” mavzusida she’rlar tanlovi, “Mening kompyuterim” nomli rasmlar tanlovi o’tkazib kelmoqdaman.

28 fevralda informatika seminarda  5-sinfda “Paintda amallar bajarsish” mavzusida ochiq dars o’tdi va bu dars Viloyat miqyosida ommalashtirilib, Ziyo.net sayt sahifalaridan o’rin egalladi.

16

Tuman gazetalarida “Masofaviy malaka oshirishning ahamiyati” nomli maqolasi bosib chiqarildi.

1718

6-sinflar  uchun informatika  fanidan yozgan  metodik tavsiyasi  o’rganib  chiqildi.    6-sinflar uchun informatika fani darslarini “Innovotsion texnologiyadan foydalanib o’qitish” mavzusida metodik tavsiya yozdi va bu tavsiya viloyat miqyosida ommalashgan. Metodik tavsiyasi informatika fani  o’qituvchilarining informatika darslarida foydalanishi uchun qulay.

Innovotsion metod, innovotsion o’yinlar, innovotsion dars shakllari tasnifi   to’liq va  mukammal  yoritib  berilgan.  Bular orqali dars samaradorligi ortadi. Innovotsion metodlarni, innovotsion o’yinlarni bobga doir tushunchalar bilan bog’lab har biriga misol keltira olgan.

Ushbu metodik tavsiyada keltirilgan innovotsion dars shakllari haqida ham aytib o’tilgan va “WordArt ob’yekti” mavzusida misol tariqasi teatrlashtirilgan dars shaklidan foydalangan.  Bu o’qituvchilarning darslarda o’quvchiga bilim berishlarida qulaylik yaratadi. 19

Maktabning barcha o’qituvchi xodimlarini DTM.uz saytining “O’qituvchi xodimlarni ro’yhatga olish” sahifasiga joyladi.

“Informatika” nomli boshqotirma tuzib, bu “Maktabda matematika va informatika” jurnali sahifalaridan joy olish arafasida.

21

Men  intilganga tole yor shioriga amal qilgan holda izlanishda davom etyapman.

5-6-sinflar uchun elektron  darslikning bir ko’rinishi bo’lgan video rolik yaratdim va bu bilan  “Eng yaxshi axborot resurslar”ko’rik tanlovida Viloyat miqyosida faxrli ikkinchi o`rinni egalladim.

Yuqoridagi yutuqlarimni barchasini Namangan viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi “Faxriy yorliq”  bilan taqdirladi.

Kelajakda  yoshlarga  ta’lim-tarbiya  berish  jarayonida  barchaga  o’rnak  bo’la  oladigan  yoshlarni  tarbiyalab  yetkazib  bera  olaman deb  ishonaman.